Ayni damda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi Do'stlik tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul o'tkazmoqda.

Sayyor qabul davomida fuqarolar asosan ajrim hujjatlari, kadastr bilan bog'liq muammolar bilan murojaat qilishmoqda. Har bir masala atroflicha o'rganib chiqilmoqda. Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam koʻrsatilib, bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berilmoqda.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati