Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligida masofaviy tarzda direktor huzurida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 7 avgustdagi 2-son bayonining 14-ilovasiga asosan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni 2020/2021 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish to‘g‘risida. Kun tartibidagi masala yuzasidan Agentlik direktori U.Yusupov O‘zbekiston milliy arxivlar va Arxiv ishi hududiy boshqarmalariga nomzodlarni tavsiya etish jarayoniga shaxsan javobgarligi, jarayon shaffof, ochiq, adolatli o‘tishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Jumladan jarayonda korrupsiya illatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha alohida ta’kidlandi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати