Ayni paytda "O'zarxiv" agentligi direktori Ulug'bek Yusupov Qoraqalpog'iston Respublikasidagi xizmat safari doirasida Qanliko’l tumani davlat arxividagi rekonstruksiya ishlarini ko'zdan kechirmoqda.
Ma'lumot uchun: Qanliko’l tumani davlat arxivi Qoraqalpog’iston Rеspublikasi Vazirlar Kеngashining 2012-yil 1-avgustdagi ”Qoraqalpog’iston Rеspublikasi tumanlarida davlat arxivlarini tashkillashtirish to’g’risida”gi 223-sonli qarori hamda Qanliko’l tumani hokimining 2012-yil 20-sеntyabrdagi 310/9-sonli qaroriga muvofiq Qanliko’l tuman davlat arxivi sifatida qayta tashkil etilgan. Hozirgi kunda davlat arxivida tuman hududidagi korxona va tashkilotlarning idoraviy arxivida toplanib qolgan jami 19 660 ta saqlov birligidagi hujjatlar, shundan 9391 ta saqlov birligidagi boshqaruv hujjatlari, 10 269 ta shaxsiy tarkib hujjatlari saqlanmoqda. Jami fondlar soni 206 tani tashkil etadi.
Qanliko’l tumani davlat arxivi imorati 1981 yilda qurilgan.