Ayni paytda "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Samarqand viloyati Narpay tumani hokimi Rahmonov Sherzod Shuxratovich bilan uchrashmoqda.

Ayni paytda “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2022-yil II yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”gi muvofiq “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov tomonidan Samarqand viloyati Narpay tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillar sayyor qabuli oʻtkazilmoqda.

"OʻZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI ULUGʻBEK YUSUPOV SAMARQAND VILOYATIDAGI YOSH ARXIVCHI XODIMLAR BILAN UCHRASHDI

Joriy yilning 2-noyabr kuni “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxivchi yoshlar bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuvda viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimdagi arxiv muassasalarida faoliyat olib borayotgan arxivchi yoshlar ishtirok etishdi. 

Uchrashuv davomida yoshlar bilan sohaga doir yangiliklar, takliflar, muammolar hususida qiziqarli mazmunda suhbat tashkil etildi. 

Uchrashuv jarayonida yoshlar oʻzlarining qiziqtirgan savollari, takliflari bilan chiqishdi.
Shuningdek yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan  ijtimoiy tadbirlarni yanada koʻproq tashkil etilishi va ularni mazmun jihatdan boyitib borish toʻgʻrisida fikr va takliflar bildirildi.

«Oʻzarxiv» agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Samarqand viloyati Paxtachi tuman shaxsiy tarkib hujjatlari  davlat arxivi ish jarayoni bilan tanishib, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishdi va arxiv xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Ma'lumot uchun: Paxtachi tuman Shaxsiy tarkib  hujjatlari davlat  arxivi 2006-yil  6-iyulda Tuman hokimining №  615-Q   qarori    bilan   tashkil  etilgan. Tuman arxivida 1933-2018-yillardagi  510 ta  fondda  24180  saqlov birligidagi shaxsiy tarkibga oid hujjatlar saqlanib kelinmoqda.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati