“Oʻzarxiv” agentligining 2023-yil 9 oylik yakunlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumati tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishiga bagʻishlangan kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi











Yig‘ilishda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Ulug‘bek Abdullayev va boshqa masʼullari hamda apparat xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, milliy va viloyat davlat arxivlari direktorlari ishtirok etmoqdalar. Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tkazilmoqda.

Kun tartibidagi ikkinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida” PF–158- son Farmoni va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–300-son qarori ijrosi haqida davom etdi.

Uchinchi masala Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda so‘rovlar ijrosi yuzasidan Agentlik direktor o‘rinbosari Sh.Sadikov hisoboti eshitildi.

2023 yil 9 oylik davomida ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar 381 257 ta (2022 yil 9 oyligiga nisbatan 121%) tashkil etib, shundan Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va (YAIDXP) orqali 328 497 ta (210 672 ta, ko‘rsatkichi 156%), pochta va elektron pochta orqali 22 300 ta (42 013 ta, ko‘rsatkichi 53%) ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar kelib tushgan bo‘lsa, 30 460 nafar (62 290 ta, koʼrsatkichi 49%) fuqaro bevosita arxivga murojaat etgan.

Shulardan Arxiv hujjatlari asosida 254 242 tasi (66,6%) ijobiy hal etilib, 20 660 tasi (5%) hujjatlarda maʼlumotlar qayd etilmaganligi bo‘yicha tushuntirish berilgan bo‘lsa, 98 597 tasi (25,9%) tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmaganligi tushuntirilgan va taaluqligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan, qolgani ijro holatida.

Shuningdek, mavzuli so‘rovlar 66 104 ta (2022 yil 9 oyligiga nisbatan 98,2%) tashkil etib, shundan Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va (YAIDXP) orqali 55 160 ta, bevosita arxivga (pochta va elektron pochta orqali) 10 944 nafar fuqaro murojaat etgan.

Shulardan, arxiv hujjatlari asosida 52 962 tasi (80,1%) ijobiy hal etilib, 13 142 tasi (19,8%) bo‘yicha esa tegishli tushuntirish berilgan, qolgani ijro holatida.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati