Ayollarning siyosiy bilimlari oshirilib O'zLiDeP Qorovulbozor tuman kengashida yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi Demokratik islohotlar yo‘li biz uchun yakkayu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir.Bu borada biz har kuni izlanishimiz, hayotimizni ish uslubimizni yangilashda harakat qilmoqdamiz. Biz yangi O‘zbekistonni xalqimiz bilan birgalikda barpo etamiz, degan ulug‘vor maqsadni o‘z oldimizga qo‘yganmiz. "Jamiyat islohotlar tashabbuskori" degan g‘oyani kundalik faoliyatimizga chuqur kirib bormoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj opa-singillarimizni Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarida 5 muhim tashabbus doirasida qisqa o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Yana bir jihatni aytib o‘tishimiz kerak bu yilda Xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda ham biz yangi bosqichda chiqdik.

Ushbu Murojaatnomadan kelib-chiqib tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O'zLiDeP Qorovulbozor tuman kengashi tomonidan jamiyatda ayollarlarni siyosiy faolligini oshirish va ularning o‘rni va mavqeini oshirish borasida Qorovulbozor tuman davlat arxivida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borildi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan Qorovulbozor tuman davlat arxivi rahbari N.Ismailova ochib berdi. Bugungi kunda barcha sohalarda ayollarga hurmat e’tibor o‘zgacha albatta. Davlatimiz rahbarining ayollarga e’tibori va olib borilayotgan oqilona siyosatidir.

 

Tadbirning yakuniy kismida O'zLiDeP Qorovulbozor tuman kengashi apparat rahbarlari M.Axmedov partiyaga a’zo bo‘lgan O'zLiDeP partiyasi a’zolarini a’zolik guvohnomalarini topshirdi va o‘zining fikrlarni bildirib oldinga turgan ustuvor vazifalar bo‘yicha birgalikda harakat qilishimiz kerakligini, "Birgalikda biz kuchmiz" shiori ostida ishlashimizni ta’kidladi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати