Aziz fuqarolar!
Xabaringiz bor, koronavirus tarqalishini oldini olish uchun tashkil etilgan Maxsus komissiya axborotiga ko‘ra, davlat organlari xodimlari mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etilishi belgilandi.
“O‘zarxiv” agentligi mutaxassislari masofaviy ish rejimiga o‘tkazildi.
Shu bois, Toshkent shahar arxiv xizmatlari ko‘rsatish markazi, O‘zbekiston milliy arxivlarida fuqarolarni qabulini vaqtincha to‘xtatishga majburmiz.
Biroq, jamoamiz Sizlarning manfaatlaringiz haqida qayg‘uradi. Shuning uchun telegramdagi @arxivbot botimizni yanada faollashtirishga qaror qildik. Davlat arxivlariga Onlayn murojaat qilish va arxiv ma’lumotnomalarini olish uchun: my.archive.uz, my.gov.uz orqali sharoitlar yaratilgan.
71 230-50-44 Ishonch telefoni orqali davlat arxivlari faoliyati, sohaga oid kamchiliklar, muammo va takliflarni bildirishingiz mumkin.
Tushunganingiz uchun minnatdormiz! Salomat bo‘ling!