Aziz yoshlar, qadrli uka-singillarim!
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda arxiv sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda azmu shijoatli yoshlarimizning o‘rni va ta’siri tobora ortib borayotgani hammamizni quvontiradi.
Bugungi og‘ir epidemiologik vaziyatda ham qanchadan-qancha arxivchi yoshlarimiz chekinmasdan, ta’bir joiz bo‘lsa mardlik ko‘rsatib, barcha tengdoshlariga o‘rnak bo‘lmoqdalar.
Bugun Prezidentimiz, xalqimiz Siz yoshlarga katta ishonch bildirmoqda.Shu muqaddas ishonch va mas’uliyatni har tomonlama oqlash, unga munosib bo‘lish – dunyodagi eng ulug‘ baxtdir. Shunday baxt, shunday sharaf barchangizga nasib etsin!
Xamisha sog‘-omon bo‘ling, aziz yoshlar!
“O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov