Aziz yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar!

“O‘zarxiv” agentligi nomidan Sizlarga Qurbon hayiti munosabati bilan eng samimiy tilaklarimni yo‘llashga ijozat bergaysiz.
Asrlar davomida el-yurtimizning ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlab kelayotgan ushbu qutlug‘ bayram barchamizga muborak bo‘lsin! 
Dunyoda yuz berayotgan global koronavirus pandemiyasi bois  yurtimizda hali kuchaytirilgan tartib va karantin rejimi amalda ekan, barchamiz buni to‘g‘ri anglashimiz  lozim.Bayramni yaqin oila a’zolari bag‘rida shukronalik bilan nishonlaylik.
Qurbon hayiti munosabati bilan men barcha oilalarga sog‘lik, tinchlik va baxt tilayman. 
Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston Respublikasi 
“O‘zarxiv” agentligi direktori        U.Yusupov


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати