O‘zbekiston Respublika “O‘zarxiv” agentligi axborot xizmati BAYoNOTI

O‘zbekiston Respublika “O‘zarxiv” agentligi axborot xizmati
BAYoNOTI
Navoiy viloyati Karmana davlat arxivi direktori sodir etgan jinoyati yuzasidan.
Shuni ma'lum qilamizki Navoiy viloyati Karmana tuman davlat arxivi direktori Karmana tumani hokimining 2016 yil 27 iyundagi 01-05/38-son tavsiya xati asosida 2016 yil 28 iyunda tayinlanib, ushbu lavozimda ishlab kelgan.
Karmana tuman davlat arxivi direktori 2018 yil 10 avgustdagi 16-ShT sonli buyruqqa asosan fuqaro D.R.ni oylik maoshi ishlab topilgan mablag‘ hisobidan to‘lanadigan xo‘jalik guruhi arxivchisi vazifasiga ishga qabul qilgan. D.R. arxiv direktoriga byudjet hisobidan oylik ish haqi to‘lanadigan vazifaga ishga o‘tkazishni so‘rab marojaat qilgan. Direktor unga “Ish” xamirdan qil sug‘urgandek” bo‘lishi uchun 10 mln. berish kerak bo‘ladi xazil tarzida aytgani, 2 mln so‘mni qarzga berib turing deb so‘raganini bildirgan. 2019 yil 7 sentyabr' soat 13.00 da D.R. davlat arxivi direktori xonasiga pulni olib qirgan paytida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan xibsga olingan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Karmana tamani sudi tomonidan JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyat sodir etganligida aybli deb topilib, JKning 57- moddasi asosida 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Davlat arxivlarida ta'magirlik, korrupsiya holatlari guvohi bo‘lganlarni Agentlikning “Ishonch telefoni” 71-230-50-44, veb-saytiga http://archive.uz/corruption murojaat etishlarini so‘raymiz.
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tizimda faoliyat olib borayotgan barcha rahbar va xodimlardan o‘z vazifasiga nisbatan ma'suliyatli, halol va pok bo‘lisharini talab qilib kelgan, afsuski yuqoridagiday holat uchrashi barchamiz uchun salbiy holat hisoblanadi.
“O‘zarxiv” agentligi tizimda faoliyat olib borayotgan barcha xodimlar o‘z kasblariga, faoliyatiga mas'uliyatli bo‘lgan holda ado etishlari tarafdori.
Jurnalistlar diqqatiga! Tashkilot faoliyati bilan bog‘liq har bir hodisa bo‘yicha ma'lumot berilishidan avval, tashkilotning axborot xizmati bilan bog‘lanishlarini tavsiya etamiz.
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati