"Balli qizlar-2020"
"Balli qizlar-2020"
Balli qizlar tanlovini "O‘zarxiv" agentligi tizimidagi arxivchi xodimalar o‘rtasida o‘tkazish an’ana bo‘lib qolgan. Arxivchi qizlar har yili baxor bayramlarini munosib kutib olishda ushbu tanlovga ham alohida tayyorgarlik ko‘rishadi. Har bir hududda saralash bosqichlari o‘tkazilib, g‘olib ishtirokchilar tanlovning respublika bosqichiga tayyorgarlik ko‘radilar.
Ha, bu yilgi "Balli qizlar-2020" tanlovi o‘zgacha bo‘ldi. Birinchidan oldingi yillar tanlov faqat poytaxtdagi markaziy davlat arxivlarida o‘tkazilgan bo‘lsa, bu yil Jizzax viloyatida tashkil etildi. Endilikda poytaxdagi arxivchi qizlarimiz ham, boshqa viloyatdan kelganlar ham Jizzax viloyatiga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tanlov viloyat markazidagi hashamatli "GRAND HOTEL UZBEKISTAN" mehmonxonasining o‘zidayoq tashkil etildi. Bundan 15 yil oldin Jizzaxga va aynan shu mehmonxonaga kelgan arxivchilar Jizzaxdagi keyingi yillardagi katta bunyodkorlik ishlari olib borilganligi, jumladan o‘shanda bu mehmonxonada sharoitlar yaxshi bo‘lmaganligi hozir esa xalqaro standartlarda servis tashkil etilganligi, bu xorijiy sayyohlarni jalb qilishga xizmat qilishini e’tirof etdilar.
Tanlov 4 shart bo‘yicha o‘tkazildi.
1-shart arxiv sohasini rivojlantirish bo‘yicha innovaitson g‘oya yoki arxiv sohasini rivojlantirish bo‘yicha taklif taqdimoti edi. 8 daqiqagacha vaqt ichida arxivchi qizlar sohani rivojlantirish bo‘yicha o‘zlarining izlanishlari, kuzatishlari, ta’bir joiz bo‘lsa tadqiqotlarining mahsulini ko‘rsatib berdilar. Uzoq yillardan buyon rahbar bo‘lib ishlar kelayotgan ayol Boshqaarma boshliqlari ham bu yil innovatsion g‘oyalar ko‘p bo‘lganligi, ularning ba’zilarini bevosita amaliyotga tadbiq etish yaxshi samara berajakligini e’tirof etdilar. Ba’zi arxivlar tomonidan juda qiziq roliklar tayyorlangan (roliklarni kanalimizda qo‘shimcha berib borishga harakat qilamiz)
2-shart arxiv qizlarining o‘z qobiliyati va mahoratlarini namoyon etishlari uchun imkoniyat oshiklarini ochib berdi.10-15 daqiqa ichida kimdir ekibana (guldastalar), kimdir karvin (turli meva va sabzavotlardan shakllar) yasadi, yana kimdir shirinlik, kimdir esa turli salatlarni tayyorlashladi. Lekin eng qoil qoladigani 15 daqiqa ichida buyoqlardan chizilgan rasm bo‘ldi. Qoyil qizlar bu shartda o‘zlarini qizlar nafosati, didi, ayollar pazandachiligini ko‘rsatib berdilar.
3-shart esa arxivchi qizlarning sohadagi bilimlarini sinashga qaratilgan edi. 2 tadan Arxiv ishi, AKT, korrupsiya bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi.
4-shart barcha shartlardanda tomoshabinlar uchun juda qiziq bo‘ldida. Bu shartda qizlarimiz O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari” va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” gi qonun hujjatlari asosida xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini shakllantirishga, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda ularni bartaraf etish choralarini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Ba’zi sahnalar dramatik buyoqlar bilan ijro etilgan bo‘lsa, ba’zi sahnada bu buyoqlar komedik yondoshuv bilan qorishib jamiyatdagi illatlar qattiq tanqid ostiga olingan edi. Kulgili intermediyalar o‘tirganlarni kayfiyatini tog‘dek ko‘tardi. Ishtirokchilar o‘z chiqishlarini juda jonli ijro etdilar. Ko‘p sahnalar hali ancha vaqt tomoshabinlar yodidan ko‘tarilmaydigan taasurotlar uyg‘otdi.
Tanlov natijalariga qo‘ra:
I-o‘rin. O‘zbekiston Milliy arxivi xodimasi Muxamedjanova Madina Muradovna
I-o‘rin. Asaka tumani shaxsiy tarkib xujjatlari davlat arxivi xodimasi Mo‘ydinova Miyassarxon Karimjon qizi
II-o‘rin. O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi xodimasi Sobirova Maxliyo Botirjon qizi
II-o‘rin. Jizzax viloyatidan Viloyat davlat arxivi xodimasi Karimova Xurshida Ro‘zibayevna
III-o‘rin. Toshkent shahar Markaziy davlat arxivi xodimasi Ibragimova Jadira Juldasbayevna
III-o‘rin. Toshkent viloyati Qibray tumani davlat arxivi xodimasi Ismailova Sabinaxon Toxir qizi
Tanlov g‘oliblarini “O‘zarxiv agentligi direktori U.M.Yusupov xamda Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari,senator N.A. Muxtorovalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladilar.
Qolgan ishtirokchilar turli nominatsiyalarga munosib deb topildi. Ularga Agentlik direktorining "Maqtov yorlig‘i" va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak bu kabi xotin-qizlarimizni sohani sevishga, innovatsiyalarni tadbiq etishga, ijod qilishga undovchi tanlovlar muntazam o‘tkazilgani yaxshi samara bermog‘i tayin.
O‘z o‘rnida "O‘zarxiv" agentligi Jizzax viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalariga tadbirni tashkillash va o‘tkazishda qo‘shgan xissalari uchun minnatdorlik bildiradi.
"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmat