Barqaror bo‘lishiga xizmat qiladi
Barqaror bo‘lishiga xizmat qiladi
2016 yilning 18 noyabrida Farg‘ona viloyat hokimligida 2016 yil 23 sentyabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-411-son Qonuni ijro etilishiga tayyorgarlik masalasi yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda boshqarmalar, idoralar, muassasa rahbarlari ishtirok etdilar. Arxiv ishiga oid muammolar muhokama etilib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar kelishib olindi.
Qonunni xayotga tadbiq etilishi yuzasidan idoraviy arxivlarni tayyorgarligini oshirish uchun Farg‘ona viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi bazasida tashkil qilingan seminar-treninglarni yanada rivojlantirish, o‘quv dasturiga soha bo‘yicha yangiliklarni tadbiq etgan holda o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish masalasini ko‘rib chiqish kabi muhim va dolzarb masalalar Viloyat xokimligi yig‘ilish bayoni va chora tadbirlar rejasida o‘z ifodasini topdi.
Yangi qabul qilingan qonunni keng jamoatchilikni jalb qilgan holda yanada kengroq targ‘ibot qilish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Qabul qilingan qonun arxiv ishi sohasining yanada rivojlanishga, tizimdagi faoliyatning samarali va barqaror bo‘lishiga xizmat qiladi.
Agentlik Axborot xizmati