Belarus Respublikasi arxiv xizmatining 100 yilligini nishonlash munosabati bilan “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya Ulug’ Vatan urushi tarixi Belarus Davletyarov muzeyiga tashrif buyurdi.

Muzey Belarus xalqining urush yillarida yer yuzida tinchlikni saqlash yo’lidagi qahramonliklari va qurbonliklarining hujjatli va moddiy dalillarini saqlash, o’rganish va targ’ib qilishga qaratilgan.
Muzeyning birinchi eksponatlari 1943-yil voqealarini qizg'in izlashda to’plangan.
2014-yil 2-iyulda Belorusiyaning fashist bosqinchilaridan ozod qilinganining 70 yilligini nishonlash arafasida Ulug’ Vatan urushi tarixi Belarus davlat muzeyining ekspozitsiyasi ochildi.
Bu yerda O‘zbekistondan kelgan jangchilar va qahramonlar haqidagi materialist ham saqlanadi.
Yangi zallar ekspozitsiyasida xronologik doira kengaytirildi (1920 - 1950).
Muzeyning umumiy maydoni 15 000 kv.m dan ortiq. Ekspozitsiya 4 qavatdan iborat, umumiy maydoni 4000 kv.m dan ortiq bo’lgan 11 ta zalda joylashgan.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati