BIR QATOR MUTAXASSISLAR BILIMI SINOVDAN O‘TKAZILDI

Аrxivlar mutaxassislarining tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyasi tashkilotlar hujjatlarini arxivda saqlash uchun berishga sifatli tayyorlash, shuningdek ushbu sohada kompetentli boʼlmagan va yetarli malakaga ega boʼlmagan shaxslar tomonidan arxiv yigʼmajildlari tartibga keltirilishida ularning butligi va saqlanishiga zarar yetkazilishi holatlarini bartaraf etish maqsadida oʼtkaziladi.
Joriy yil 1-2 fevralь kunlari Oʼzbekiston milliy arxivlari mutaxassislari tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan oʼtkazildi.
Аvvaliga test sinovlaridan oʼtgan mutaxassislar komissiya aʼzolarining savollariga ham batafsil javob berdilar.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати