Bobojonov Isaqjon
#G‘alaba75 #Pobeda75
Bobojonov Isaqjon
1922 yil 1-yanvar' kuni Andijon viloyati, Marxamat tuman, Xasanmergan qishlog‘ida tug‘ilgan. 1941 yil Farg‘ona shahrida uch oylik frontga tayyorlov kursida jang sirlarini o‘tagach, 1942 yil yanvar' oyida Moskvaning o‘zbek diviziyasida jang qila boshlagan. Janglarning birida og‘ir yarador bo‘lib, Moskva gospitaliga tushib qoladi. Ikki oy o‘tgach Belorusiyaning 52-armiyasi qo‘mondoni Konstantin Konstantinovich Rokossovskiy polkida 129-tank diviziyasida jang qila boshlagan. Rokossovskiy armiyasi birinchilardan bo‘lib, fashistlarni tor-mor qilishda Berlinga yetib borganlar.
Fashistlar ustidan g‘alaba qozonilgandan keyin 9-may sanasida katta harbiy paradda “Qizil yulduz” ordeni bilan shaxsan Rokossovskiy taqdirlagan. Urush tugagach Sobiq “Il'ich”, “Lenin”, “Molotov” nomli kolxozlarida, partiya yetakchisi, pilla agronomi, taftish raisi, Marxamat tuman sud mahkamasida maslahatchi lavozimlarida xizmat qilib kelgan.
2005 yili Ikkinchi jahon urushining 65 yilligi munosabati bilan Moskvada bo‘lib o‘tgan xarbiy paradga taklif etilgan. Paradda qatnashib Rossiya Prezidenti V.Putin tomonidan sovg‘a va “G‘alabaning 65-yilligi” ordeni bilan mukofotlangan. 2011 yil 18 oktyabrda vafot etgan.
Bugungi kunda I. Bobojonovning ushbuga oid xujjatlari Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi Marxamat tumani davlat arxivi fondlarida saqlanib kelinmoqda.
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati