Bolajonlar uchun “Bobolarimiz doim barhayot!” tadbiri

Bolajonlar uchun “Bobolarimiz doim barhayot!” tadbiri

Nurota tumani davlat arxivi tashabbusi bilan Nurota tumanidagi 8-son “Binafsha” maktabgacha ta’lim muassasasida “Men ham askar bo‘laman” shiori asosida 14 yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Nurota tuman hokimining yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Vafoyev, tuman mudofaa bo‘limi boshlig‘i p/p I.Shokirov, Nurota tuman “Istiqlol” MFYda yashovchi Toshkent shahar Mirobod tuman harbiy aloqa 71186-son brigadasida xizmat qilgan askar Botir Pardayevlar va tuman davlat arxivi rahbari va xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda tashrif buyurgan mehmonlarning tabrik so‘zlari, askar B.Pardayevning xizmat ta’surotlari eshitildi.
Shuningdek, tadbir jarayonida tuman davlat arxivi tomonidan “Bobolarimiz doim barhayot” mavzusidagi rasmlar ko‘rgazmasi, hujjatlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlarning vatanparvarlik haqidagi kuy-qo‘shiqlari, raqslari va she’rlari to‘planganlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchi bolajonlarga davlat arxivining kitob sovg‘alari taqdim etildi. Esdalik uchun fotosuratlar olindi.
Tadbir taklif etilgan askar va arxiv xodimlarining quvnoq raqslari bilan yakunlandi.


"O‘zarxiv" agentligi axborot xizmati.