Bugun 15-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qanliko‘l tuman davlat arxivida yangi arxiv binosining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Mazkur ochilish marosimida «O‘zarxiv» agentligi direktori U.Yusupov ishtirok etdi. U o‘z so‘zida davlatimiz tomonidan bugungi kunda arxiv ishi va ish yuritish sohasiga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligi, mazkur sohani rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha davlat rahbarining Farmon va Qarorlari, Hukumatning bir qator qarorlari qabul qilinganligi va ularning ijrosi bo‘yicha bir qancha samarali ishlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.  

Mazkur tadbirda shuningdek, Qanliko‘l tuman hokimi A.Ibragimov va hokimlik mutasaddilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxiv ishi boshqarmasi boshlig‘i M.Qaipnazarov va ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar ishtirok etdilar.


Manba : "Oʻzarxiv" agentligi Axborot xizmati