Bugun, 18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

1991 yil 18 noyabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan mamlakat davlat suverenitetining ramzi – bayrog‘imiz tasdiqlangan.
O‘zida juda katta ma’no-mazmunni mujassam etgan, yuksak did va mahorat bilan puxta ishlangan, o‘zida butun O‘zbekiston ahlining asriy orzu-istaklarini, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini mujassam etgan bayrog‘imiz sayyoramizdagi barcha mamlakatlarning davlat ramzlari orasida alohida hurmat va ehtiromga sazovordir.
Shu munosabat bilan "O‘zarxiv" agentligi barcha yurtdoshlarimizni ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasi hisoblangan davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy qutlaydi!


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати