Bugun, Amerika Qoʻshma Shtatlari Xolokost yodgorlik muzeyining Xalqaro arxivlar dasturi katta direktori Vadim Alskan “O‘zarxiv” agentligiga tashrif buyurdi.

“O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov boshchiligida Oʻzbekiston Milliy arxivi direktori D.Zakirova (loyiha koordinatori) va V.Alskan oʻrtasida uch tomonlama uchrashuv oʻtkazildi.

Ayni paytda, Oʻzbekiston Milliy arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida saqlovxona, restavratsiya, raqamlashtirish xonasi, oʻquv zali va muzey boʻylab ekskursiya tashkil qilinmoqda.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati