Bugun, AQShdagi Garvard universiteti qoshidagi Rossiya va Yevroosiyo tadqiqotlari Devis markazi katta ilmiy xodimi, dastur rahbari N.Kassenova Markaziy Osiyo Xalqaro instituti bosh mutaxassisi N.Ziyamov hamrohligida “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov bilan Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv chog‘ida “O‘zarxiv” agentligi va Devis markazi o‘rtasida arxiv sohasidagi hamkorlik istiqbollari va kelgusidagi qo’shma loyihalar muhokama qilindi. Arxiv hujjatlarini har ikki tomonda targ‘ib etish, hujjatlarni raqamlashtirish, qo‘shma anjumanlarni tashkil etish va arxiv hujjatlari nashrlarini chop etish, mahorat darslari va treninglar o’tkazish, tadqiqotchi va olimlarga koʻmak koʻrsatish bo‘yicha hamkorlikdagi masalalar kun tartibining asosiy mavzusi sifatida ko‘rildi.
Tashrif so‘ngida arxiv bo‘ylab qiziqarli ekskursiya uyushtirilib, xorijiy mehmonlar arxivda hujjatlar saqlovini taʼminlash, ularni restavratsiya va raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, arxivdagi shart-sharoitlar xorijlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi, kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish rejalashtirildi.