Bugun, “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Namangan viloyatidagi arxiv muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida sohaga doir yangiliklar, takliflar, muammolar hususida qiziqarli mazmunda suhbat tashkil etildi.
Shuningdek, tizimdagi mavjud muammolar, kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida joriy yilda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va kelgusidagi rejalar bo‘yicha topshiriqlar berildi.