Bugun "O‘zarxiv" agentligi markaziy apparati, O‘zbekiston milliy arxivlari xodimlari uchun Agentlik direktor o‘rinbosari X.N.Isayev tomonidan "Axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy tamoyillari" mavzusida seminar o‘quv soati tashkil etildi.

“Axborot xavfsizligiga tahdid manbalari tasodifiy va oldindan ko‘zlangan bo‘lishi mumkin” . Dastur ta’minotidagi kamchiliklar, texnik vositalarning nosozligi, malakaning yetishmasligi yoki foydalanuvchining xatolari tasodifiy tahdidlar hisoblanadi. Oldindan ko‘zlangan tahdidlar esa axborot zahiralariga zarar yetkazish maqsadida atayin amalga oshiriladi. Ular faol(aktiv) va nofaol(passiv) bo‘ladi. Nofaol tahdidlarga axborot zahiralaridan ularning vazifalariga ta’sir ko‘rsatmagan holda ruxsat berilmagan foydalanishga bo‘lgan intilishlar kiradi. Texnik va dastur vositalariga, axborot zahiralariga ta’sir qilish yo‘li bilan tizimning mo‘’tadil faoliyatini buzishga qaratilgan tahdidlar faol tahdidlar hisoblanadi.

Tajribadan ma’lumki, xavfni bartaraf etishning eng oson yo‘li, shu xavfni oldindan aniqlab, unga qarshi ehtiyot choralarini qo‘llash hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, axborot xavfsizligini ta’minlash borasida ham sohaga nisbatan potensial tahdid manbalarini aniqlash va himoya choralarini qo‘llash birlamchi vazifalardan hisoblanadi. Bugungi seminar aynan shunday maqsadda tashkil etildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati