Bugun, “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan bayram munosabati bilan ayrim xodimlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.




 

Bu yilgi “Navroʻz” umumxalq bayrami arxiv ishi tizimida“Arxivlar – tarix koʻzguzi, raqamli kelajak oyinasi” shiori ostida oʻtkazilmoqda.

Bugun, “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan bayram munosabati bilan ayrim xodimlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Mirzo-Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti professor-oʻqituvchilari, Oʻzbekiston milliy arxivlari, Arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbar-xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda “Oʻzarxiv” agentligi direktori U. Yusupov taklif etilganlarni bayram bilan qutlab, Mirzo-Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti Arxivshunoslik va manbashunoslik kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor Z.Rahmonqulova, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi boʻlimi mudiri Z.Suleymanova va Andijon viloyati Andijon shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi direktori X.Xakimovlarga “Oʻzarxiv” agentligining “Soha iftixori” koʻkrak nishonini tantanali topshirdi.

Shuningdek, arxiv ishida faol ishtirok etgan, “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi maqsadlariga erishishda oʻzining fidokorona mehnatlari bilan hissa qoʻshib kelayotgan davlat arxivlarining bir guruh xodimlari “Oʻzarxiv” agentligining idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandilar.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati