Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov "O‘zarxiv" agentligida bo'ldi.
"O‘zarxiv" agentligi direktori sohaga joriy etilgan axborot tizimlari va 2023-yilga belgilab olingan vazifalar bo‘yicha axborot berdi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Milliy arxivida hujjatlarni saqlanishi, raqamlanishi jarayonlari bilan, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan vazir yaqindan tanishdi. Tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Ma'lumot uchun, 2023-yi 25-yanvardan "O‘zarxiv" agentligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuriga o'tkazilgan.