Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayrami kunini keng nishonlash maqsadida Toshkent shahridagi Sayilgoh ko‘chasida Adliya vazirligi tomonidan “Konstitutsiya ko‘chasi” tadbiri tashkil etildi
“KONSTITUTSIYA KOʻCHASI”
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayrami kunini keng nishonlash maqsadida bugun, Toshkent shahridagi Sayilgoh ko‘chasida Adliya vazirligi tomonidan “Konstitutsiya ko‘chasi” tadbiri tashkil etildi. Unda “O‘zarxiv” agentligi tomonidan O‘zbekiston milliy arxivlari saqlovidagi O‘zbekiston tarixida qabul qilingan konstitutsiyalarga oid foto va arxiv hujjatlarini namoyish etildi.
Ko‘rgazmada tarixiy davr — 1917-yilgacha bo‘lgan davlatchilik hujjatlari, 1917-1991-yillarda qabul qilingan Konstitutsiyalar nusxalari, fotolari hamda 1992-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tarixiga oid rasm va arxiv hujjatlari aholiga keng ko‘rsatib berildi.
Mazkur ko‘rgazma fuqarolarning, ayniqsa yoshlarning huquqiy va maʼnaviy bilimlarini yuksaltirishga xizmat qiladi.