Bugun, Qozog‘iston Respublikasi Qizilo‘rda viloyati madaniyat, arxivlar va hujjatlashtirish boshqarmasi boshlig‘i M.Kazbekova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari O‘zbekiston Milliy arxivga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Milliy arxivi direktori D.Zakirova va Qizilo‘rda viloyati madaniyat, arxivlar va hujjatlashtirish boshqarmasi boshlig‘i M.Kazbekova o‘rtasida arxiv ishi va ish yuritish, hujjatlarni jamlash, hisobini olib borish, saqlovini taʼminlash va ulardan foydalanish bo‘yicha tajriba almashildi.
Delegatsiya aʼzolari arxivning ko‘rgazmalar zalida Qizilo‘rda viloyati arxiv fondidagi hujjatlar asosida “Qizilo‘rda arxivlarida o‘zbek xalqining tarixi” mavzusidagi arxiv hujjatlar ko‘rgazmasini namoyish qildilar.
Ishchi tashrif doirasida mehmonlarga O‘zbekiston Milliy arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida arxiv bo‘ylab qiziqarli ekskursiya tashkillashtirildi.