Bugun Samarqand viloyat hokimligida viloyat hokimi Erkinjon Oqboʻtayevich Turdimov “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan ta’sis etilgan “SOHA IFTIXORI” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

E.Turdimov qaysi viloyatda faoliyat koʻrsatmasin har bir sohani rivojlanlanishida, oʻzining sezilarli hissasi bor, shu bilan birga respublikamizda arxiv ishi sohasida ham koʻplab  ijobiy ishlarni amalga oshirgan xususan; 
Uning bevosita rahbarligi ostida 2013-yilda Navoiy viloyatida, Navoiy viloyat davlat arxivi uchun 100 ming saqlov birligiga moʻljallangan zamonaviy arxiv binosi qoʻrilib foydalanishga topshirilgan.
 2018-yilda Surxondaryo viloyatida, Surxondaryo viloyat davlat arxivi uchun zamonaviy va muxtasham toʻqqiz qavatdan iborat yangi binosini  qurildi,   Samarqand viloyatida 2018-2021-yillarda 4 ta yangi arxiv binosi qurildi, 6 tasi ta’mirlandi.

Ushbu binolarni qurildi va foydalanishga topshirilishi xalqimiz uchun   arxiv xizmatlarini koʻrsatishda qulayliklar yaratdi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati