Bugun tug‘ilgan kun – Ulug‘bek Yusupov

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov 1985 yil 25 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Ulug‘bek Yusupov Toshkent axborot texnologiyalari universitetini (bakalavriat va magistratura) tugatgan.

O‘z faoliyatini “O‘zbektelekom” AK Toshkent shahar telefon tarmog‘i filiali Marketingni tashkil etish bo‘limi muhandisi vazifasidan boshlab, aloqa va axborotlashtirish, arxiv ishi va ish yuritish tizimlaridagi vazifa hamda lavozimlarda ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Ulug‘bek Yusupov 2019 yil mart oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

***

P/S: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta@Ikrom_Avvalboyev
E-mail:pochta@uza.uzuzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati