Bugun, “O‘zarxiv” agentligida Respublika qon quyish markazi hamkorligida “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi o‘tkazildi.










































 

#Mehr_ulash

Bugun, “O‘zarxiv” agentligida Respublika qon quyish markazi hamkorligida “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

Ma'lumot uchun: Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda donorlikka tanlab olish, nomzodni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, qon va donatsiya uchun talablar, donorlikka qarshi ko‘rsatmalar keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra, 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan tana vazni 50 kilogrammdan yuqori o‘zini sog‘lom deb bilgan O‘zbekiston fuqarolari donor sifatida qon topshirishi mumkin.

Qon olish miqdori ham har bir insonning holatidan kelib chiqib belgilanadi. Kamida 350, ko‘pida esa 450 millilitr olinadi. Nizomga ko‘ra, 500 millilitrgacha olish mumkin.

Donor sifatida mehr ulashing va hayotlarni saqlab qoling!


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati