Bugun videokonferens-aloqa orqali Belorussiya Respublikasi tashkilotchiligida MDH mamlakatlari - davlat arxivlari idoralari rahbarlari Maslahat kengashi ishtirokchilarining navbatdagi 17-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Mazkur masofaviy tadbirda kengashning rasmiy aʼzosi sifatida “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Jumladan, maʼruzada 2021-yil davomida hujjatlarning saqlanishi va hisobga olinishini tashkil etilishi, arxiv fondlari hujjatlari boʻyicha ilmiy-maʼlumotnoma apparati tizimi, arxiv hujjatlaridan foydalanish, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish, shuningdek, oʻzaro hamkorlik shakllari, mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb mavzulari va yoʻnalishlari yuzasidan fikrlar bayon etildi.
Maslahat kengashining kelgusi 2022 yildagi yigʻilishi yuzasidan takliflar bildirildi va navbatdagi yigʻilish kun tartibiga kiritildi.