Buxoro shahar “Grand Bukhara Hotel” mehmonxonasida arxivchi yoshlar bilan “Respublikadagi arxiv tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

PRESS-RELIZ

Mavzu: “O‘zarxiv” agentligi tizimida Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani
O‘tkazish vaqti: 2021 yil 8 iyun, soat 16:00da
O‘tkazilish joyi: “Grand Bukhara Hotel” mehmonxonasi konferens zali. Buxoro sh.Ibroxim Mo‘minov ko‘chasi 2 uy
Tadbir tashkilotchisi: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi.
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tizimida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2021 yilga mo‘ljallangan “YoShLAR DASTURI”ga ko‘ra bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan.
Bugungi kunda “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimidiga tashkilotlarda jami
491 nafar ( 25 foiz) 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar faoliyat olib bormoqda, shundan 227 nafari (46 foiz) o‘g‘il bolalar, 264 nafari (54 foiz) qizlarni tashkil qiladi.
2020-2021 o‘quv yili uchun “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupovning tavsiyanomalari asosida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti maxsus sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 100 ga yaqin arxiv xodimlari talabalikka tavsiya etildi hamda ular sinov imtihonlarisiz o‘qishga qabul qilinganlar.
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi buyruqlari asosida, sohada faoliyat olib borayotgan yoshlarni Agentlik huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish ilmiy-metodik markazida 30 yoshgacha bo‘lgan arxivchi yoshlarni bepul malaka oshirishlari uchun sharoit yaratildi. Shu kunga qadar sohada faoliyat olib borayotgan 100 dan ortiq yosh xodimlar arxiv ishi va ish yuritish yo‘nalishlari bo‘yicha bepul malaka oshirdi hamda ularga belgilangan tartibda sertifikat topshirildi. 2021 yil yakuniga qadar sohada faoliyat olib borayotgan barcha 30 yoshgacha bo‘lgan arxiv xodimlarini malakasini oshirish belgilangan.
Bugungi kunga qadar sohada faoliyat olib borayotgan 40 dan ortiq faol va tashabbuskor yoshlar “O‘zarxiv” agentligining diplom, Faxriy yorliq va Tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.
“O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalari xodimalarining huquqiy va shaxsiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy ongini hamda sohaga oid bilimlarini oshirish, shuningdek bahor bayramlarini munosib nishonlash maqsadida 2021 yil 3-4 mart kunlari Andijon viloyatida“Balli qizlar” respublika ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlovga tizimdagi 120 yaqin ayol-qizlar qamrab olindi.
Joriy yil 26 mart kuni “Agentlik kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi. Mazkur sport musobaqalariga respublika  bo‘yicha davlat arxivlaridan jami 400 nafar arxivchi yoshlar jalb etildi. Davlat arxivlarida sport targ‘iboti bo‘yicha kunlik mashg‘ulotlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Arxivchi yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxondlik va sohaga doir bilimlarini oshirish maqsadida “Zukkolar” intelektual o‘yinlar o‘tkazilmoqda. 2020 yilda ushbu o‘yinlarga respublika bo‘yicha jami 85 nafar yoshlar jalb etilgan bo‘lsa, 2021 yilda 100 ga yaqin yoshlar mazkur musobaqalarda faol ishtirok etdilar. 8 iyun kuni soat 17.00 da Buxoro shahrida ushbu o‘yinlarning final bosqichi o‘tkaziladi. Finalda Navoiy va Namangan viloyati jamolari ishtirok etadi.
Arxivchi yoshlarning xorijiy davlatlarga malaka oshirish va tajriba almashishga yuborish yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan janubiy Koreya, Rossiya va Qozog‘iston davlatlariga har yili yuboriladi. 2020-2021 yillarda pandemiya munosabati bilan yuborish imkoniyati cheklangan bo‘lsada, ushbu yillarda 5 ta xalqaro, 4 ta respublika konferensiyalarida 150 ga yaqin yosh arxivchilar faol ishtirok etdilar.
Respublikamizda har yili 9 iyun - Xalqaro arxivlar kunini nishonlash doirasida yangi qurilgan yoki kapital ta’mirdan chiqqan arxiv binosini foydalanishga topshirish, yosh arxivchilar forumini va boshqa qator tadbirlarni o‘tkazish an’anaga aylangan.
Respublika  “Yosh arxivchilar forumi” hamda 9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni va 15 iyun “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 11- yilligi munosabati bilan bir qator tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan. Xususan “Zukkolar” intellektual o‘yinlari final bosqichi, yoshlarning madaniy hordiq chiqarishlari va ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida Buxoro tarixiy obidalariga sayohat, Kogon tumani davlat arxivining foydalanishga topshirish marosimi, “Arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirishda innovatsion g‘oyalar va metodik yechimlar” mavzusidagi Konferensiya, “Yilning eng faol yosh arxivchi xodimi” respublika ko‘rik tanlovi, “Nutq madaniyati va notiqlik”-“Time-management”- “Tabiy usulda restavratsiya uchun yelim tayyorlash (Koreya tajribasi)” mavzularida Master-klasslar o‘tkazaladi.
Matbuot anjumani “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati, O‘zbekiston milliy arxivlari, respublikadagi arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari, arxivchi yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “O‘zarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.   

 “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati
tel.: (+99897) 149-70-27 (324) faks: 277-13-35, www. archive.uz


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati