“Buxoro-sharq marvaridi bo‘lsa, Samarqand-buyuk Ipak Yo‘li marvarididir”

Donishmandlarning aytishicha, agar dindorlar Makkada haj qilish imkoniga ega bo‘lmasalar,unda O‘zbekistonga tashrif buyurib, ular mardlik va ma’naviy inoyatga ega bo‘lishlari mumkin.Chunki bu yerda 160dan ortiq musulmon ziyoratgohlari to‘plangan bo‘lib, ular mamlakatning o‘zida ham, undan tashqarida ham taniqlidir. Buxoro va Samarqand O‘rta osiyodagi qadimiy shaxarlardan biridir.Gidrotexnika inshoatlari va energetika tizimlarining yagona majmuasi mavjudligini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligini  yanada kuchaytirish,transport,savdo, maishiy,tibbiyot va madaniy xizmatlarni yaxshilash maqsadida respublikaning tarixan tashkil etilgan ma’muriy-huquqiy bo‘linishi hamda Buxoro va Samarqand viloyatlari mehnatkashlarining istaklarini qondirish maqsadida “Xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashi ijroiya qo‘mitasining” 1989 yil 28 apreldagi 129/9-sonli qaroriga asosan Samarqand viloyati hududining bir qismini Buxoro viloyatiga qo‘shish to‘g‘rsidagi qarori mavjud.
Hujjat Buxoro viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.
Fond-1023,ro‘yxat-5,yig‘ma jild-616, varaq-6.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати