Buxoro viloyat davlat arxivida “Ustoz-shogird” an’analari rivoji – soha taraqqiyoti istiqbollaridan biri misolida

Mamlakatimizni jadal rivojlantirish islohotlarining yangi bosqichi bilan bog'liq masalalarga ijobiy hamda samarali yondashish, “2017-2021 yillarda rivojlanishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi” ni amalga oshirish, oldinga siljish - barchamiz, ayniqsa, yosh avloddan - bugungi va ertangi kunning hal qiluvchi kuchidan faollik talab qiladi. Har bir davlat tashkilotlaridagi mehnat faoliyatini modernizatsiya qilishning muvaffaqiyati, birinchi navbatda, tajribali ustozlar, ularning malakasi va kasb mahoratlarini yosh mutaxasislarga o`rgatishlari, o`z professional tajribalarini o`rtoqlashishlari bilan bog'liqdir. 

Zamonaviy xizmat ko`rsatish, iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiyalar asosida biror sohada faoliyat yuritish, rivojlantirish va takomillashtirishning muhim yosh kadrlarga foaliyatdagi sir-asrorlarni mukammal darajada o`rgatishdan iborat.  Ustoz-shogird an’analari orqali esa ushbu masalalarning ijobiy hal etilishiga erishiladi.

Shuningdek, “Ustoz-shogird” an’analari boshqaruv ko'nikmalarini rivojlantirish, amaliy tajribaning kamchiliklarini bartaraf etish, mutaxassis kadrning  shaxsiy  fazilatlarini   shakllantirish, amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishning uslubiy bazasini takomillashtirishga yordam beradi.

Har bir davlat tashkilotida bo`lgani kabi Buxoro viloyat davlar arxivida ham Ustoz nomi va hurmatiga loyiq insonlar juda bisyor. Bu borada so`z yuritganda Zulfiya opa  Jo`rayevani  alohida  ta’kidlash o`rinlidir. Zulfiya opa Jo`rayeva 1943-yil 17 oktyabrda tug`ilganlar. 1970-yildan 2005-yilgacha arxiv sohasida faoliyat yuritgan soha fidoiysining erishgan yutuqlari, o`ttiz besh yillik  malaka va tajribalari yosh kadrlar uchun juda qimmatlidir. 

Shu sababdan ham Buxoro viloyat davlat arxivida yo`lga qo`yilgan “Ustoz-shogird” an’analarini davom ettirish natijasida tajribali restavrator ancha yillardan buyon o`z shogird (yosh arxiv hodim)lariga soha sirlarini o`rgatib kelmoqdalar. Ustozimizning sharafli, hamda o`rnakli ish faoliyatlari biz uchun o`rnak, shuningdek faxr hamdir. 


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati