Buxoro viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi
2019 yil 19 iyul kuni "O‘zarxiv" agentligi Bosh direktori U.M.Yusupov xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo‘ldi. Xizmat safari davomida U.M.Yusupov Buxoro viloyati arxiv xizmati raxbarlari va xodimlari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Agentlikning 2019 yil 18 iyuldagi buyrug‘i bilan tayinlangan Buxoro viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasining yangi boshlig‘i Aminov Samad Djabbaraliyevichni ishtirokchilarga tanishtirdi. Shuningdek arxivlar faoliyati bilan tanishib, soxani rivojlantirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar berildi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, Buxoro viloyati arxiv ishi sohasida ham oxirgi yillarda birmuncha ijobiy ishlar amalga oshirilgan. Birgina misol: 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Xarakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha Buxoro viloyat davlat arxivining chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Davlat boshqaruvining zamonaviy usullarini kengaytirish shuningdek fuqarolarning so‘rovlarini ijro qilishda arxiv xodimlariga keng ko‘lamda zamonaviy arxiv saqlovxonalari hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 1976 yilda qurilgan arxiv saqlovxonalari davlat arxivining byudjet xarajatlar smetasi va pulli xizmatlardan tushgan mablaglar evaziga kapital ta’mirlandi va zamonaviy temir javonlar (stellaj) bilan jihozlandi. Shuningdek, arxiv binosidagi o‘quv zali, xodimlar xonalari, oshxona va viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi xonalari kapital ta’mirlanib barcha deraza va eshiklari zamonaviy AKFA va MDF romlariga almashtirildi.