Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yangi arxiv binosi foydalanishga topshirildi.






















Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yangi arxiv binosi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda «O‘zarxiv» agentligi rahbariyati, Buxoro viloyati adliya boshqarmasi, Shofirkon tumani hokimligi, Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi, arxivlar xodimlari, mehnat faxriylari, viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Arxiv – bu o‘tmishimiz tarixi, ota-bobolarimizning hayoti, ularning faoliyati va jasoratini o‘zida jamlagan manbaadir. Arxiv fondlariga yillar osha saqlanib kelinayotgan hujjatlar biz kelajak avlodlar uchun katta tarixiy ahamiyatga ega manbaadir.
Buxoro viloyat Shofirkon tuman davlat arxivi 1984-yil 14-yanvar Xalq deputatlari Shofirkon rayon Soveti ijroiya komitetining 18p1-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Shofirkon tuman davlat arxivi hujjatgohida asosan 1926 yildan boshlab, Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, rejalashtirish, sanoat, o‘rmon, suv va qishloq xo‘jaligi, qurilish va arxitektura, moliya-kredit va sug‘urta maishiy va kommunal xizmat ko‘rsatish, xalq ta’limi va kadrlar tayyorlash, fan, ma’daniyat, pensiya jamg‘armasi, adliya, sud, prokuratura va jamoat tashkilotlarining hujjatlari saqlanmoqda.
Arxivdagi hujjatlar asosan  o‘zbek va rus tillarida bo‘lib, arab, lotin va kirill alifbolarida yozilgan asl nusxa va nusxalar hamda elektron nusxalardan iborat.
Hujjatli materiallar 1926-yildan hozirgi paytgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga qamrab olgan. Bundan tashqari davlat  arxivida 14 mingdan ortiq saqlov birlikdagi shaxsiy tarkib hujjatlari ham saqlanadi.
Shaxsiy tarkib hujjatlari–tashkilot, korxona, muassasalarda va kolxozlar, shirkat xo‘jaliklarida ishlagan ishchi–xizmatchilarning ish haqlarni tasdiqlovchi arxiv hujjatlaridir.
Davlat arxivida to‘plangan va saqlanib kelinayotgan shaxsiy fondlarda Shofirkon tumanidan chiqqan ajoyib insonlarning hayoti va ijodi, ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan qahramonliklari to‘g‘risidagi hujjatli va foto hujjatlar mavjud.
Shofirkon tuman davlat arxividagi hujjatlar  tarixiy–ilmiy, xalq xo‘jaligida aholining ijtimoiy turmushida kerakli maqsadlarda  foydalanilib  kelingan va foydalanilmoqda.
Buxoro viloyati Shofirkon tuman davlat arxivi 1947-yilda G‘ijduvon tuman davlat arxivi tarkibida tashkil etilgan. 1965-yildan davlat arxivining Vobkent tuman filialidan Shofirkon rayon aholisiga xizmat ko‘rsatishga o‘tgan.
1984-yil 14-yanvardagi Xalq deputatlari Shofirkon rayon Sovetining 18p1-son qaroriga asosan Shofirkon rayonida Buxoro viloyat davlat arxivining Shofirkon rayon filiali tashkil etilgan.
Dastlab, 1984-yil 5-aprelgacha davlat arxivining Shofirkon tuman filiali deb nomlangan va faoliyat yuritib kelgan.
1985-yil 15-apreldan boshlab, arxiv hujjatlari Vobkent tumanidan ko‘chirib keltirilgan.
2012-yil 5-apreldan boshlab Shofirkon tuman davlat arxivi deb qayta nomlangan, shuningdek arxiv huzurida ho‘jalik guruhi tashkil etib tumandagi faoliyatini olib borishga ruxsat berilgan.
1985-yilda davlat arxivining Shofirkon tumani filialida jami 86-ta fond va 13000 saqlov birligida hujjatlar mavjud bo‘lgan.
Hozirgi kunda Shofirkon tuman davlat arxivida 243 ta fond, jami 65141 saqlov birligidagi hujjatlar, jumladan 39230 boshqaruv, 14904 shaxsiy tarkib, 368 ta shaxsiy kelib chiqish, 10454 saqlov birligidagi vaqtinchalik hamda  185 ta surat hujjatlardan iborat.
Shofirkon tuman davlat arxivi faoliyatida 1984-2023 yilga qadar  o‘z balansida binosi yo‘qligi, doimiy ijara shartnoma asosida xususiy va davlat tashkilotlari binolaridan foydalangan.
Misol tariqasida  2007-2019 yillar Shofirkon tuman Shoh ko‘chasida 73-uyda  “Gulchehra”  shirkat xo‘jaligi binosi  3-qavatida 17 mln. so‘mdan , 2020-2024 yillar Shofirkon Agroservis “MTP” MCHJ binosida 33 mln. so‘mdan ijara shartnomasi tuzib binolardan foydalinib kelingan.
Ishlash sharoitlarida modiy-texnik bazasi yetarli darajada emasligi, qiyinchiliklarga sabab bo‘lib kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 4463-sonli qarori hamda 2019-yil 20-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida Arxiv ishini yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5834-sonli Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, Buxoro viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va Adliya vazirligi tomonidan bugungi kunda Shofirkon tuman davlat arxivi yangi binoga ko‘chirilganligi, bino qayta tamirlanib, yog‘och  javonlar o‘rniga zamonaviy temir javonlar, zamonaviy oxirgi rusumdagi skaner va 2 ta monoblok kompyuterlari va yangi mebel jihozlari bilan taminlandi. Bino derazalari tashqi tomondan qo‘riqlanishi maqsadida jami 15 ta temir panjaralar o‘rnatildi.
Shofirkon tuman davlat arxivida alohida qimmatli va  noyob  xujjatlar mavjud. Ular reja asosida yil davomida aniqlanib, tizimlashtirib ro‘yxatlari shakllantirilib borilmoqda. 1994 yildan bugungi kunga qadar 1000 dan ortiq  alohida qimmatli hujjatlar aniqlanib, ro‘yxatlar asosida saqlanmoqda.
Bugungi kunda yurtimizda eng dolzarb masalalaridan biri bu raqamlashtirish,  hujjatlarni elektron  qidiruv tizimini yaratish ishlari  bo‘lib, bu borada ham anchagina ishlar qilindi, belgilangan reja –ko‘rsatgichlar amalda oshig‘i bilan bajarildi, bugungi kunda  5550 saqlov birligidagi hujjatlardan 13469 kadr hujjatlarning elektron nusxasi yaratildi.
Davlat arxivida  onlayn tizimidan- davlat xizmatlari markazi orqali ijtimoiy–huquqiy, mavzuli so‘rovlar 2024 yil 1-choragida  302 ta mavzuli va 1074 ta ijtimoiy -huquqiy so‘rovlar kelib tushganligi hamda ijro etilgan.
Shofirkon tuman davlat arxivi tomonidan 2023-yilda fuqarolarga hamda tuman hududidagi tashkilotlarga ko‘rsatgan pullik xizmatlar jami 83,0  mln so‘mni tashkil etgan, jumladan mavzuli so‘rovlardan 10 mln so‘m, tashkilotlarga ilmiy - texnik xizmat ko‘rsatishdan 71,0 mln.so‘m.
2024-yil 1-chorakda jami 56,0 mln so‘m, jumladan mavzuli so‘rovlardan 16 mln so‘m, tashkilotlarga ilmiy - texnik xizmat ko‘rsatishdan 40 mln.so‘mdan  ortiq mablag‘ kelib tushgan.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan minnatdorchilik bildirildi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati