“Central Asia–2018. FAN, TA`LIM, MADANIYAT VA BIZNЕSDA INTЕRNЕT VA AXBOROT-KUTUBXONA RЕSURSLARI” XII Xalqaro konferentsiyasi

2018 yil 18-20 aprel kunlari Surxondaryo viloyatida bo’lib o’tgan “Central Asia–2018. FAN, TA`LIM, MADANIYAT VA BIZNЕSDA INTЕRNЕT VA AXBOROT-KUTUBXONA RЕSURSLARI” XII Xalqaro konferentsiyasida “O’zarxiv” agentligi va O’zbekiston Respublikasi davlat arxivlari vakillari faol ishtirok etishdi.

19 aprel kuni konferentsiya doirasida sho’’ba yig’ilishlari, seminar, mahorat darsi va o’quv treninglar bo’lib o’tdi. Sho’’ba yig’ilishlarning biri Axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, arxivlar va muzeylar bilan o’zaro hamkorligi masalalari: hukumat topshiriqlari ijrosi mavzusiga bag’ishlangan edi. Ushbu sho’bada Bar-Ilan universiteti (Isroil) aspiranti, Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O’zarxiv” agentligi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, O’zbekiston Respublikasi Kinofotohujjatlar Markaziy davlat arxivi, Termiz arxeologiya muzeyi, Xiva shahridagi Ichan-Qal’a davlat muzey qo’riqxonasi mutaxassislari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. 3-sho’ba yig’ilishini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O’zarxiv” agentligi bo’lim boshlig’i O. Hasanova olib bordi.

Fursatdan foydalanib, “O’zarxiv” agentligi rahbariyati O’zbekiston Milliy kutbxonasiga hamkorlik uchun o’z minnatdorchiligini bildiradi.