“CHARXING ABADIY AYLANSIN!” badiiy koʻrgazmasi oʻtkazildi

“CHARXING ABADIY  AYLANSIN!”
Oʻzbekiston uch anʼanaviy kulolchilik maktablari: Gʻijduvon, Xorazm, Urgut hujjatli badiiy koʻrgazmasi oʻtkazildi
2019-yil 5 sentabr  kuni   Oʻzbekiston Respublikasi tasviriy sanʼat Galereyasida “CHARXING  ABADIY  AYLANSIN!” Oʻzbekiston uch anʼanaviy kulolchilik maktablari: Gʻijduvon, Xorazm, Urgut hujjatli badiiy koʻrgazmasining ochilishi boʻlib oʻtdi.
Koʻrgazma Oʻzbekiston Respublikasi tasviriy sanʼat Galereyasi Oʻzbekiston davlat amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi muzeyi, Oʻzbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlari Markaziy davlat arxivi hamkorligida tashkillashtirildi.
Hujjatli-badiiy koʻrgazmada  Oʻzbekiston uch anʼanaviy kulolchilik: Gʻijduvon (Narzullayevlar oilasi), Xorazm (Matchonovlar oilasi), Urgut (Obloqulovlar oilasi)  maktablari ijodi aks etgan Oʻzbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlari Markaziy davlat arxivi fotohujjatlari hamda Oʻzbekiston davlat amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi muzeyi eksponatlari  namoyish etildi hamda har bir maktablar anʼanalari tarixi, ish uslublari koʻrsatib berildi.
Koʻrgazma doirasida “Kulollarning sehrli qoʻllari: oʻzbek kulolchiligining taraqqiyot yoʻllari” nomli ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Anjumanga taniqli sanʼatshunoslar: akademik Xakimov Akbar Abdullayevich, Aliyeva Surayyo, Ravshan Fatxullayev, Kodzayeva Lyudmila Mixaylovna taklif etildilar. Ular oʻz maʼruza va taqdimotlarida oʻzbek milliy kulolchiligi, tarixi va muammolari toʻgʻrisida soʻz yuritdilar. Shuningdek, Oʻzbekiston muzey va arxivlari mutaxassislari qiziqarli maʼlumotlarga boy maʼruzalari bilan chiqishlar qildilar. Kulol ustalar mazkur anjumanga ijobiy fikr-mulohazalarini oʻrtoqlashdilar  va hunarmandlarga koʻrsatilgan eʼtibor uchun  tashkilotchilarga minnatdorchilik   bildirdilar.
“Kulollarning sehrli qoʻllari: oʻzbek kulolchiligining taraqqiyot yoʻllari” nomli  ilmiy-amaliy konferensiyasining oʻtkazilishi  kulolchilik  amaliy sanʼatini oʻrganish, mavjud muammolarni yechimi uchun  yana bir  bosqich boʻldi.
Sermazmun va serqirra  yuqori saviyada oʻtkazilgan mazkur tadbirlar jamlamasi tashkilotchilari  Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy banki tasviriy sanʼat  galereyasi tomonidan  tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
Ushbu tadbirlarni oʻtkazishdan maqsadi ommani Oʻzbekiston xalqlarining tarixiy madaniy merosi bilan tanishtirish, amaliy sanʼat anʼanalarini saqlash va rivojlantirish masalalarini oʻrganish, yosh avlodni mamlakat tarixi va madaniyatiga muhabbat  ruhida tarbiyalash, oilaviy qadriyatlarni mustaxkamlashdan iboratdir.