“Danmon group” bilan uchrashuv bo‘ldi.
O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivida Daniya Qirolligining “Danmon group” kompaniyasi va “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati vakillarining o‘zaro uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ko‘rilgan asosiy masalalar kino hujjatlarni raqamlashtirish skanerlari, kinolentalarga konservatsion-profilaktika berish ishlarini bajaradigan texnika jihozlarini taqdimoti va ularni arxivlarda qo‘llash uslublari hamda boshqa qiziqtirgan masalalar keng o‘rganildi. Jahon bozorida o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan “Danmon group” kompaniyasi 40 yildan ortiq samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.