Davlat arxivlarida o‘quv zallari faoliyati
Yurtimiz mustaqillikka erishgach, iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalar qatori arxivlar ishini rivojlantirishga ham katta ahamiyat qaratildi. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentyabrdagi PF-5834-son farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2019 yil 20 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4463-son qarori sohadagi ishlarni zamon talablari darajasiga ko‘tarishning muhim omili bo‘ldi.
Shuning uchun tarixiy jarayonlarni yoritishda arxiv hujjatlarini qayta tadqiq va tahlil etish masalasi alohida e’tibormolik ekani shubxasiz. Arxiv bu idoralar, korxonalar, tashkilotlar, shuningdek tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan muassasa hisoblanadi, lekin bu arxivlarning bu bosqichlariga yetib kelishining ham o‘z tarixi bor. Respublikada arxiv ishini va ish yuritishni yanada rivojlantirish, arxiv hujjatlari saqlanishini ta’minlash va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, tarmoqning normativ va metodik bazasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2008 yil avgustida qaror kabul qilgan. Unga asosan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari saqlanishi va saqlash xavfsizligi shart-sharoitlarini takomillashtirish; davlat arxivlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni raqamlash, ta’mirlash, konservatsiya qilish va arxiv hujjatlaridan ehtiyotlash maqsadida nusxa olish bo‘yicha yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash; respublikaning umumiy foydalaniladigan arxiv axborotlari ma’lumotlari bazasini shakllantirishni nazarda tutuvchi arxiv muassasalarining ma’lumotlar uzatish va integratsiyalashgan axborot tizimining korporativ tarmog‘ini yaratish; masofadan o‘qitishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda arxiv ishi va ish yuritish xodimlari malakasini muntazam ravishda oshirish tizimini shakllantirish va boshka yangiliklar kiritilgan. Arxiv bu idoralar, korxona va tashkilotlar, shuningdek tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan muassasa.
Markaziy Osiyoda arxiv yozuv bilan bir qatorda bir vaqtda paydo bo‘lgan. 1917 yil oktyabr voqealariga qadar hujjatlar har bir idora va tashkilotning o‘zida saqlangan. Arxivlar tarqoq holda bo‘lib, hujjatlar bir joyda yig‘ilmagan, markazlashmagan edi. Oktyabr to‘ntarilishidan keyin Turkiston RSFSR tarkibida avtonom respublika sifatida faoliyat ko‘rsata boshdladi. Rossiya hukumati chiqargan barcha qonunlar Turkiston uchun ham tegishli edi. RSFSR hukumati 1918 yil 1 iyunda “Arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish to‘g‘risida” dekret qabul qildi. Viloyat davlat arxivida 1839 yildan buyon saqlanayotgan hujjatlar Samarqand viloyatining tarixi, madaniyati, qurilish, qishloq xo‘jaligi, mahalliy sanoat, xalq ta’limi, sog‘likni saqlash va boshqa sohalarini o‘zida aks ettirganligi bilan bebahodir. Arxivda saklanayotgan hujjatlar o‘zbek, rus, arab va eski lotin yozuvlarida yozilganligi bilan ahamiyatga molikdir.
Ta’kidlash joizki, bugungi tezkor davr talabi va jamiyat hayotining barcha jabhalarida kechayotgan yangilanish jarayoni arxiv muassasalari faoliyatini zamon talablari asosida tashkil qilishni taqozo etmoqda. Zimmalaridagi mas’uliyatni chin dildan his qilgan jamoa xodimlari arxiv ma’lumotlarini davlat xizmatlari orqali berish, arxiv xizmatlarini tezkor va sifatli taqdim etish yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa, aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlarning malakasi va madaniyatini oshirish orqali xalq bilan tizimli muloqotni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Hozirgi vaqtda Samarqand viloyat davlat arxivida 53 ta sovet ittifoqi qahramonlari shu bilan birga, adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidovning shaxsiy yig‘majildi ham saqlanib kelinmoqda. Sharof Rashidov 1917 yilning 5 noyabrida Jizzax viloyati dehqon oilasida tavallud topgan, Narimonov maktabida tahsil ko‘rdi. 1934 yilda Jizzaxdagi pedagogika texnikumini, 1941 yilda Samarqand dorilfununini tugatadi. Shundan so‘ng muallim va muxbir sifatida o‘z faoliyatini boshlaydi. 1938-1941 yillarda Samarqand viloyatining «Lenin yo‘li» ro‘znomasida ishlaydi. 1941-1942 yillarda Ulug‘ Vatan urushida qatnashadi. Frontdan qaytgach, 1944-1947 yillarda rahbarlik ishiga o‘tadi. Samarqand viloyat partiya kotibi bo‘lib faollik ko‘rsatadi, 1947-1949 yillarda «Qizil O‘zbekiston» ro‘znomasiga muharrirlik qiladi. 1940-1950 yillarda O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi raisi, 1950-1959 yillarda O‘zbekiston Oliy Kengashi Rayosatining raisi, 1959-1983 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasining Birinchi kotibi bo‘lib ishladi. Umrining oxirgi yillarida Respublika partiya tashkilotiga rahbarlik qildi. Shuningdek, Ittifoq Partiya Markaziy qo‘mitasi Siyosiy Byurosi a’zoligiga nomzod ham edi. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda tarixchi olimlar balki arxivchi mutaxassislar, oliy ma’lumotlar kadrlarni qo‘proq ayniqsa arxivshunoslik ma’lumotiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash bugungi kun talabidir. Chunki tarixni yaxshi tushunib hujjat o‘rganishni bilmasak yoki aksincha hujjatni bilib turib tarixni bilmasak, o‘tmishni o‘rganish, o‘ta muhim masalalardan biri bo‘lib qolaveradi. Binobarin arxivshunos, tarixshunos va albatta manbashunos mutaxasislar bilan birgalikda ish olib borilsa, aynan davlat arxivlarining o‘quv zallariga tadqiqotchilar kelishiga qaramasdan o‘sha idoraning o‘zida mutaxasislarni ishga qabul qilib qo‘l tegilmagan o‘rganilmagan hujjatlarni tilga kiritsak va foydalansak ana o‘shanda tarixni o‘rganish, tarixni yoritish ishlariga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lar edik.
Samarqand viloyat davlat arxivi
bosh arxivchisi Farrux Omonov