"Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish" axborot tizimining ishga tushirilishi" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi "Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish" axborot tizimining ishga tushirilishi" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Jumladan Matbuot anjumanida quyidagilar xaqida axborot berildi: Hozirda arxiv sohasida bir qator arxiv xizmatlarini masofadan Internet orqali elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda arxivlarga tashrif buyurmasdan joylardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron shaklda foydalanish mumkin. Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini berish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish, Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash, Mavzuli so‘rovlarni ijro etish xizmatlari shular jumlasidandir. 
Ushbu xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq ravishda arxivlarda quyidagi axborot tizimlari joriy etilgan:
1) Arxiv hujjatlarining saqlov xavfsizligini boshqarish va nazorat qilish integratsiyalashgan axborot tizimi 
2) Arxiv saqlovxonalarida mikroiqlimni boshqarish va nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimi 
3) Shaxsiy tarkib ro‘yxatlarini raqamlashtirish dasturi 
4) Arxiv hujjatlarining qidiruv tizimi
5) “Arxiv ishi” yagona axborot tizimi 
6) “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimi 
Shuningdek, Agentlik tomonidan Internet-ko‘rgazmalar tashkil qilish va arxiv hujjatlarining elektron nusxalarini rasmiy veb-resurslarida joylashtirish bo‘yicha xotira.archive.uz veb-sayti yaratildi.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 dekabrdagi"Davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 788-son qaroriga muvofiq joriy yilda davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatishni ishga tushirilishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Arxiv hujjatlarni raqamlashtirish (elektron nusha olish) holati O‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari jami 200 dan ortiq maxsus skaner uskunalari bilan ta’minlangan. Rejaga asosan 2022-2025 yillar davomida qo‘shimchma 200 ta maxsus skaner uskunalari xarid qilish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan 2022 yil 24 mart holatiga jami 745,4 ming saqlov birligidagi 44,1 mln. kadr raqamlashtirilgan (2021 yilda 14,3 mln. kadr raqamlashtirilgan, reja 116 foizga bajarilgan). 
Tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2022 yil boshidan 31,5 ming saqlov birligidagi 3,2 mln. kadr raqamlashtirilgan.
“Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimi “O‘zarxiv” agentligi va “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK bilan hamkorlikda Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimini ishlab chiqilib va davlat arxivlarida joriy qilindi.
2021 yilda O‘zbekiston milliy arxivlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari va davlat arxivlarining mas’ul xodimlari ishtirokida (har bir hudud kesimida) o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgan.
Shuningdek, Tizimdan foydalanish bo‘yicha video o‘quv darslari yaratilib, barcha foydalanuvchilarga yetkazilgan.
2022 yil 24 fevral holatiga ko‘ra O‘zbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari tomonidan Tizimda jami 41 651 ta fond, 21 483 ta ro‘yxat va 16 865 saqlov birligi yaratilgan.
“Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimi joriy qilinishi quyidagi natijalarga erishildi:
Milliy arxiv fondiga (MAF) kiritilgan arxiv hujjatlarining markazlashgan saqlovini tashkil qilish
Tizimga kiritilgan arxiv hujjatlarni onlayn ravishda foydalanish (qidirish, foydalanish);
fond, ro‘yhat,saqlov birligi, arxiv hujjat bo‘yicha onlayn qidirish;
Noyob va alohida qimmatli hujjatlar reyestrini tashkil qilish;
Davlat arxivlari tomonidan topshiriladigan Davlat katalogiga oid ma’lumotlarni onlayn qabul qilish; 
Tizimga kiritilgan arxiv hujjatlarini elektron nushasini sifatini nazorat qilish;
Kiritilgan ma’lumotlarning satitstik ma’lumotlarni onlayn monitoring qilish; 
Har bir arxiv xodimini KPI bo‘yicha baholash va rag‘batlantirish.
Hozirda aholi foydalanishi uchun maxsus qidiruv servisi (doc.archive.uz) ishlab chiqilib, “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimi bilan integratsiya qilindi. 
Mazkur qidiruv servis orqali foydalanuvchilar O‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari saqlanayotgan va “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga kiritilgan arxiv hujjatlari bo‘yicha kerakli ma’lumotlar topishlari mumkin.
Kelgusida mazkur qidiruv servisi orqali arxiv hujjatlarining elektron nushalarini xarid qilish imkoniyati yaratiladi.
Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati, “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK, O‘zbekiston milliy arxivlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati