Davlat tilini rivojlantirish yo‘lida

Joriy yil oktyabr oyining 21 sanasida O‘zbek tili bayrami kuni o‘tkazilishi qonun bilan mustahkamlandi. Shu munosabat bilan, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunni keng nishonlash maqsadida “O‘zarxiv” agentligi tizimida davlat tilini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Unga muvofiq, 21 oktyabr “O‘zbek tili bayrami kuni”ni keng nishonlash, sana bilan bog‘liq tadbirldarni tashkil etish belgilandi. Rejaga muvofiq har juma kuni davlat tilini rivojlantirish kuni bo‘lib, shu kuni tadbirlar tashkil etish, maqolalar chop etish hamda ish joyida davlat tilida ish yuritishning muhim boshqa choralarini ko‘rib borish an’anaga aylandi.
Agentlik tomonidan 25 sentyabr kuni O‘zbekiston ilmiy texnika va tibbiyot xujjatlari milliy arxivida “Arxiv ishi va ish yuritishda davlat tilini qo‘llash xususiyatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Agentlik Axborot xizmati, milliy arxivlar xodimlari, shuningdek sog‘liqni saqlash vazirining davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi ishtirok etdi. https://www.facebook.com/uzarxiv/videos/1038553376615466

 

Dastavval, davlat tilini rivojlantirishda qonunchilikning o‘rni, o‘zbek adabiy til normalari, til qoidalariga rioya etish borasida ma’ruza tinglandi. Ta’kidlanganidek, til qonunchiligi bilan biron bir tilni tahqirlash mumkin emasligi, milliy manfaatlar, qadriyatlarni xisobga olgan holda tilni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

 

 

Yig‘ilganlar ko‘proq qonunchilik va amaliyot o‘rtasida tafovutlar borligi, xususan ko‘chalardagi tashqi yozuvlarning aksariyati davlat tilida emasligi, bunga qonuniy takomillashtirish zarurligini ta’kidladilar. Asosiy ma’ruzalarda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi ahamiyati, tarixiga e’tibor qaratildi. Arxiv ishi va ish yuritishda qo‘llanilayotgan atamalarni muqobili ustila ishlash zarurligi to‘g‘risida fikr bildirildi.

 

 

Atamalarning muqobilini izlab topishda arximning ilmiy xodimlari salohiyatidan ko‘proq foydalanish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, agentlik tizimida faoliyat ko‘rsatadigan muassasalar faoliyati davlat tili olib borilayotganligi, davlat tilini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilanganligi qayd etilib, bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishi belgilab olinganligi ta’kidlandi. 


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати