Davlat xizmatlari xaqida qisqacha.

“O‘zarxiv” agentligining rasmiy Telegram kanalida o‘tkazilgan “Siz davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan xabardormimiz” ijtimoiy so‘rovida ishtirok etganlarning 38 foizi yo‘q javobini berganligi uchun “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari xaqida qisqacha ma’lumot berilmoqda.

1. MAVZULI SO‘ROVLARNI IJRO ETISh davlat xizmati jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pullik xizmat turib bo‘lib, arxiv arxiv ma’lumotnomasi (ko‘chirmasi, nusxasi) beriladi.
2. ARXIV HUJJATLARINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN TAShQARIGA OLIB ChIQISh VA ARXIV HUJJATLARINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRISh HUQUQI UChUN RUXSAT BERISh davlat xizmati jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pullik xizmat bo‘lib, ruxsatnoma beriladi.
3. ARXIV HUJJATLARIDAN FOYDALANISh davlat xizmati jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pullik xizmat turib bo‘lib, arxiv arxiv ma’lumotnomasi (ko‘chirmasi, nusxasi) beriladi.
4. TAShKILOTLARNING HUJJATLARINI TARTIBGA KELTIRISh davlat xizmati yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pullik xizmat turib bo‘lib, Arxiv hujjatlari ro‘yxati, tegishli dalolatnoma beriladi.
5. TAShKILOTLAR ISh YuRITIShIDA HUJJATLARNI TAShKIL ETISh BO‘YIChA IChKI ME’YoRIY VA USLUBIY HUJJATLARNI IShLAB ChIQISh VA ULARNING HUJJATLAR BILAN IShLASh BO‘YIChA FAOLIYaTINI O‘RGANISh davlat xizmati yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pullik xizmat bo‘lib, Ichki normativ, uslubiy hujjat tayyorlab beriladi.
6. HUJJATLAR VA KITOBLARNI TA’MIRLASh, TIKISh, MUQOVALASh VA ULARGA QAYTA IShLOV BERISh davlat xizmati jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pullik xizmat bo‘lib, hujjatlar ta’mirlanganligini to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
7. ARXIV IShI VA ISh YuRITISh SOHASIGA OID QISQA MUDDATLI AMALIY SEMINAR-TRENINGLAR TAShKIL ETISh davlat xizmati jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pullik xizmat bo‘lib, tinglovchiga sertifikat beriladi.
8. ARXIV HUJJATLARI, KITOBLAR VA QO‘LYoZMALARNI RAQAMLAShTIRISh (ELEKTRON NUSXA OLISh) davlat xizmati jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pullik xizmat bo‘lib, arxiv hujjati elektron nusxasi beriladi.
9. ARAB ALIFBOSIDA YaRATILGAN TURKIY, FORSIY VA ARABChA HUJJATLARDAGI MATNLARNI TARJIMA QILISh VA HUJJATLARDAGI AXBOROTLAR BO‘YIChA ANNOTATsIYa MA’LUMOTLARNI TAYYoRLAB BERISh davlat xizmati jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pullik xizmat bo‘lib, arxiv ma’lumotnomasi beriladi.
10. FUQAROLARNING IJTIMOIY-HUQUQIY MAZMUNDAGI SO‘ROVLARINI BAJARISh (xususan,
10 yillik muddat uchun mehnat faoliyati va ish haqini tasdiqlash to‘g‘risidagi, yuridik shaxsni qayta nomlash to‘g‘risidagi, o‘quv muassasalarida o‘qiganlikni tasdiqlash to‘g‘risidagi, mukofotlanganlik to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini berish) davlat xizmati jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan bepul xizmat bo‘lib, arxiv ma’lumotnomasi (ko‘chirmasi, nusxasi) beriladi.

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati