Dildora Hasanova yozgan postga ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda muhokamaga sabab bo‘layotgan fikrlarga “O‘ZARXIV” AGENTLIGI AXBOROT XIZMATINING MUNOSABATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentyabrdagi 
PF-5834-son Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda davlat arxivlarida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarish bo‘yicha choralarini ko‘rish belgilab berilgan. Shuni asnosida Ikkinchi jahon urushi davriga oid bo‘lgan arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish tashabbusi kiritildi.
O‘zbekiston Milliy arxivi tomonidan 2020 yilda maxfiylik rejimida saqlangan 1941-1945 yillarga oid arxiv hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarish ishlari olib borilib, 264 saqlov birligidagi arxiv hujjatlari (600 varaq), 2 tadan ortiq arxiv fondlari maxfiylikdan chiqarildi.
2021 yilda O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan quyidagi: I-1m. «Kanselyariya Turkestanskogo general-gubernatora» fondi bo‘yicha bitta yig‘majildning hujjatlari; I-19m. «Ferganskoye oblastnoye pravleniye» fondining ikkita yig‘majildning hujjatlari; I-722m. «Shtab Turkestanskogo voyennogo okruga» fondining hujjati  maxfiylikdan chiqarildi. 
“O‘zarxiv” agentligi maxfiylikdan chiqarilgan ba’zi hujjatlarni ilk marotaba rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi saxifalari orqali keng ommaga taqdim etdi va bu ishlar davom etadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, ilgari tadqiqotchilar foydalana olmaydigan ulkan arxiv majmualariga kirishning ochilishi tarixiy manbalarni ilmiy asoslashga imkon yaratdi va zarurat tug‘dirdi, ularsiz XX asrning ichki tarixini tushunish mumkin emas.
DildoraHasanova(https://www.facebook.com/dildora.hasanova.71?__cft__[0]=AZVqDIBwaXIPI6qCqCZS6BxsMwI4JBWA3EcFPD6ckDDRoS4UYujVLuncZ9eB5KR7rbgvVLz2ONaFqsMmqOOmImV9xsqV8iVXQdIgErRS31euuR1gX6diRmG-I_pGKNpKIC8&__tn__=-]K-R) yozgan postda aniq faktlarga asoslanmagan bo‘lib, Mustaqillik yillarida hech qaysi ochiq foydalanishda bo‘lgan arxiv hujjatiga “mahfiy” tamg‘asi bosilib, “mahfiylikka jo‘natilmagan”. 
Aksincha, yuqorida qayd etilganidek, mustaqillik davrida hali amalga oshirilmagan jarayon, ya’ni hujjatlar maxfiylikdan chiqarilib, ochiq foydalanish imkoniyati yaratildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ma’lumotlarni ishonarli manbadan olish maqsadida, har qanday savollar bilan “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmatiga murojaat etishni tavsiya etamiz.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати