DIPLOMATIC WORLD (http://diplomatic-world.com/) jurnali arxiv sohasidagi islohotlarni dunyoga olib chiqdi.
Jahonning eng mashhur jurnallaridan biri DIPLOMATIC WORLD jurnali yaqinda O’zbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga bag’ishlangan maxsus sonini chop etdi.
Jurnal rahbari Barbara Dietrich xonim tashrifi davomida Respublikamizda arxiv ishi va ish sohahasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan ham qiziqdi.
Agentlik xodimlari tomonidan Barbara Dietrich hamda Alberto Turkstrani qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Yakunda ular sohadagi islohotlarni alohida e’tirof etib bu haqda o’zlarining jurnallarida yozishlarini bildirishgan edi.
Jurnalning 140-141 sahifalari ayni shu mavzuga bag’ishlangan.
https://www.yumpu.com/en/document/read/65841880/diplomatic-world-uzbekistan