DIQQAT E’LON!
Assalomu alaykum, 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumaniga davlat va nodavlat OAVda mehnat qilayotgan JURNALISTLARNI, shuningdek, MUSTAQIL JURNALIST VA BLOGERLARNI taklif qilamiz.
2022 yil 29 iyun kuni soat 15.00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazi binosida "O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi faoliyati va kelgusidagi vazifalar" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Barcha savollar bo‘yicha “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati (97-149-70-27, 55-503-01-50 (3)) yoki O‘zbekiston Milliy matbuot markaziga murojaat etish mumkin.