DIQQAT E’LON!
Assalomu alaykum, 25 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumaniga davlat va nodavlat OAVda mehnat qilayotgan JURNALISTLARNI, shuningdek, MUSTAQIL JURNALIST VA BLOGERLARNI taklif qilamiz.
2022 yil 25 iyul kuni soat 15.00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazi binosida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida 2022 yil 2 choragida “O‘zarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Barcha savollar bo‘yicha “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati (97-149-70-27, 55-503-01-50 (3)) yoki O‘zbekiston Milliy matbuot markaziga murojaat etish mumkin.