DIQQAT E'LON

Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 1-martda tasdiqlangan Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha yoʻl xaritasining 4 va 8-bandlarida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida “Oʻzarxiv” agentligi va uning hududiy tuzilmalari ish faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tahlil qilish, bunda ushbu tizim samaradorligini oshirish hamda Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mohiyati va Adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-ahloq va ichki mehnat qoidalari rioya etilishi boʻyicha “Oʻzarxiv” agentligi markaziy apparati va uning tizimidagi xodimlar uchun seminar-trening oʻtkazishilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabati bilan, joriy yilning 27-aprel kuni soat 14-30 da Oʻzbekiston milliy arxivlari, Arxiv ishi va ish yuritish markazi hamda arxiv ishi hududiy boshqarmalari  va ularning tizimidagi tashkilotlari rahbar va xodimlari mazkur seminar-treningda ishtirok etishlarini soʻraymiz.