DIQQAT E’LON

Ulug‘ xalqimiz jasoratiga bag‘ishlangan tarixiy ko‘rgazma ochilishi.

2021 yil 18 may soat 10.00 da "Xalqaro muzeylar kuni” kuni munosabati bilan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi hamda O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida “Xotira sahifalari” mavzusiga doir foto arxiv hujjatlari nusxalari va eksponatlar ko‘rgazmasi rasman ochiladi.
Mazkur mavzudagi foto arxiv hujjatlarga qiziqqan barcha yurtdoshlarimizni, yoshlar, talabalar, o‘quvchilarni hamda jurnalistlarni taklif etamiz.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati