DIQQAT E’LON!

Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shganlar xotirasini abadiylashtirish, oramizdagi barcha faxriylarga hurmat ehtirom ko‘rsatish maqsadida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “ASKAR MAKTUBLARI” kitob-albomi nashr etilishi rejalashtirilmoqda.
Shu munosabat bilan  Ikkinchi jahon urushi davrida yozilgan maktublarni (yoki ularning nusxalarini) “ASKAR MAKTUBLARI” kitob-albomiga joylashtirish maqsadida Viloyat davlat arxivi saqloviga topshirish bo‘yicha elektron nusxalarini taqdim qilish so‘raladi.
Barcha savollar bo‘yicha Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Axborot xizmatiga (93-620-03-07)  murojaat etish mumkin.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati