DIQQAT EʼLON! 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan “Oʻzbek ayoli - oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” nomli an'anaviy III Respublika fotokoʻrgazmasiga taklif etamiz!



DIQQAT EʼLON!

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan “Oʻzbek ayoli - oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” nomli an'anaviy III Respublika fotokoʻrgazmasiga taklif etamiz!

Joriy yilning 5-10-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda Toshkent Fotosuratlar Uyi hamkorligida “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” nomli an'anaviy III Respublika fotoko'rgazmasi tashkil etilmoqda.

Fotokoʻrgazmaning tantanali ochilish marosimi 5-mart kuni soat 11.00 da Toshkent Fotosuratlar uyida tashkil etiladi.

Manzil: Toshkent Fotosuratlar uyi, Toshkent shahri Istiqbol koʻchasi 4 uy.
Moʻljal: Toshkent kurantlari yonida.

Fotoko'rgazma 10-martgacha davom etadi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati